8 Mart 2025 yil 167

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Muhtaram xotin-qizlar!

Sizlarni bahorning go‘zal ayyomi – 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Aziz ayollarimiz jamiyatimizning tayanchidir. Sizlar nafaqat oila mustahkamligi, balki yurtimiz ravnaqi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida ham ulkan hissa qo‘shmoqdasiz. Ichki ishlar organlarida fidokorona xizmat qilib, Vatanimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlashda matonat, jasorat va sadoqat namunasini ko‘rsatib kelayotgan ayol xodimlarimiz bilan faxrlanamiz.

Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘z tabrigida: “Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning og‘irini yengil qilish, ular uchun barcha sohalarda zarur sharoitlarni yaratib berish doimo davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi” deya ta’kidladilar. Bu so‘zlar sizga bo‘lgan ehtirom va g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasidir.

Sizlarning mashaqqatli va shu bilan birga sharafli xizmatlaringiz yuksak e’tirofga loyiq. Bugungi kunda ichki ishlar tizimida faoliyat yuritayotgan fidoyi xotin-qizlarimiz munosib rag‘batlantirilmoqda. Bu esa sizlarning yurt oldidagi xizmatlaringiz qanchalik muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Yana bir bor bayramingiz bilan tabriklab Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, farovonlik va sharafli xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Har doim xonadonlaringizda fayzu baraka, qalbingizda esa ezgulik va nur qalqib tursin!

Tohir Aripov,
Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i,
general-mayor

Text to speech