29 Avgust 2025 yil 164

Xalq bilan faol va ochiq muloqot — Toshkent viloyatida ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Bugun, 29 avgust kuni Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligidaQumovul” MFY hududida fuqarolar murojaatlari boʻyicha ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabulda viloyatdagi barcha masʼul tashkilot rahbarlari, jumladan Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, polkovnik Abduvosit Abdurazakov ham ishtirok etdi.

8 soatdan ortiq davom etgan mazkur qabulda 263 nafar fuqaroning turli muammolari oʻrganildi. Murojaatlar ish bilan taʼminlash, uy-joy, kommunal xizmatlar, sogʻliqni saqlash va boshqa dolzarb masalalarni qamrab oldiShu jumladan, ichki ishlar organlari faoliyatiga oidtergov-surishtiruv, pasport, yoʻl harakati xavfsizligi va boshqa shu kabi murojaatlar viloyat IIBB boshligʻi tomonidan qabul qilindi.

Qabul davomida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari murojaatlarni birgalikda muhokama qilib, joyida hal etilishi mumkin boʻlgan 50 ga yaqin masalaga yechim topildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushuntirishlar berilib, aniq muddat va ijrochilar belgilandi.

Mazkur sayyor qabul aholining muammolarini oʻrganish va ularni joyida hal etishga xizmat qilgani bilan bir qatorda, hokimiyat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat idoralari hamkorligida xalq bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish imkonini bermoqda.

IIBB Axborot xizmati.

Text to speech