“Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent viloyati IIBB va hamkor tashkilotlar xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.
Zangiota tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida 29 yoshli shaxs (S.M.) 50 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini xaridorga 3 million 300 ming soʻmga sotayotgan vaqtida xodimlar tomonidan daliliy ashyo bilan qoʻlga olindi.
Dori vositalarining manbasini aniqlashga qaratilgan surishtiruvlardan soʻng tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsni dori bilan taʼminlayotgan 1986 y.t. (U.U.)ning yashash xonadoni koʻzdan kechirildi. Ushbu shaxs xonadonida 796 dona turli nom va koʻrinishdagi kuchli taʼsir qiluvchi va psixofaol dori vositalarini sotish maqsadida saqlayotganligi aniqlanib qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Viloyat boʻylab giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yoʻnalishidagi tadbirlar faol davom ettirilmoqda.