7 Iyun 2025 yil 98

Giyohvandlik vositasini Fargʻonaga olib ketayotgan “Narkokuryer”lar Toshkent viloyatida ushlandi

Xabar berilganidek, respublika boʻylab giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi, jumladan ularni saqlash, isteʼmol qilish, yetishtirish hamda oʻtkazish holatlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha Qoradori – 2025” keng koʻlamli tezkor profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida Toshkent shahrida yashovchi, 1998 y.t. shaxs qoʻshni davlatdan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan, gashish” giyohvandlik moddasini Bekobod shahridagi yashirib qoʻyilgan joyidan olib, Qoʻqon shahrida yashovchi xaridorga olib ketayotgan vaqtida qochishga uringan ikki shaxs ham daliliy ashyo bilan qoʻlga olindi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu giyohvandlik moddasi narkokuryer tomonidan kontrabanda yoʻli bilan zakladkakoʻrinishida koʻmib ketilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech