30 Noyabr 2024 yil 2726

Giyohvandlik vositalarini sotayotgan shaxslar IIB xodimlari tomonidan issiq izidan fosh etildi

Psixotrop moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash oyligi doirasida Bekobod shahar IIB xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida Qashqadaryo viloyatida yashovchi 24-25 yoshli ikki shaxs (D.A. va I.B.) yonida boʻlgan giyohvandlik vositasini xaridorga 2,5 mln soʻmga sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan daliliy ashyo bilan qoʻlga olindi.

Olib borilgan surishtiruv davomida ushbu shaxslar vaqtincha yashayotgan Toshkent shahridagi xonadoni koʻzdan kechirildi. Natijada, ular uyda ham keyinchalik sotish maqsadida giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.

Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech