12 Fevral 2025 yil 517

Giyohvandlik vositalarini sotish uchun Zangiotaga olib kelgan shaxslar IIB tomonidan qoʻlga olindi

Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan "Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash" oyligi doirasida Zangiota tumani ichki ishlar boshqarmasi va DXX tezkor xodimlari hamkorligida navbatdagi tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida Surxondaryo va Toshkentda yashovchi, 47-54 yoshdagi ikki shaxs (E.B., B.N.) oʻzlariga tegishli Nexia avtomashina saloniga yashirilgan paypoqda ogʻirligi 300 gr boʻlgan (gashish) giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan qoʻlga olindi. Ushbu shaxslar qora bozorda taxminiy qiymati 25 million soʻmga teng boʻlgan mazkur moddani oʻtkazish maqsadida maqsadida olib kelganliklari aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqdaEslatib oʻtamiz, giyohvandlik vositalari va ularning analoglari bilan noqonuniy muomala qilish 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Text to speech