Futbol bo‘yicha “IIBB boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Ichki ishlar organlari xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviy sport o‘yinlarini ommalashtirish maqsadida Toshkent viloyati IIBB tomonidan futbol bo‘yicha “IIBB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur sport tadbirida viloyat, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlaridan 20 dan ortiq jamoa ishtirok etdi. Final o‘yinlari Nurafshon shahrida joylashgan Jismoniy va jangovar tayyorgarlik markazida yuqori saviyada, murosasiz ammo do‘stona raqobat ruhida o‘tkazildi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Bosh boshqarma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin uchinchi mintaqa jamoasi, faxrli uchinchi o‘rin esa O‘rta Chirchiq tumani IIB jamoasi egalladi.
G‘olib va sovrindor jamoalar Bosh boshqarma tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.