Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov boshchiligida aholi muammolarini hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul Nurafshon shahrida boʻlib oʻtdi.
Qabul davomida 40 dan ortiq aholi murojaatlari oʻrganib chiqildi. Jumladan, ular ichki ishlar xizmatiga ishga kirish, tergov va probatsiya ishlari bilan bogʻliq savollar, qidiruv ishlarini jadallashtirish, fuqarolikni rasmiylashtirish masalalari, mahallalarni obodonlashtirish kabi muhim yoʻnalishlarda boʻldi.
Murojaatlarning katta qismi qabulning oʻzida ijobiy hal qilindi. Baʼzi masalalar qoʻshimcha oʻrganishni talab etganligi sababli, masʼul xodimlarga topshiriqlar berildi va ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Bunday tadbirlar jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning ishonchini mustahkamlash hamda ularning kundalik hayotini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Sayyor qabullar davom etmoqda.