4 Fevral 2022 yil 576

Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha seminar tashkil etildi

Toshkent viloyati IIBB sohaviy xizmat masʼullari tomonidan va hamkorlikdagi boshqa soha vakillari bilan Quyi Chirchiq tumani “Paxtazor” mahallasi yoshlari ishtirokida "Biz giyohvandlikka qarshimiz", OIV infeksiyasi haqida bilish va xatarni chetlab o‘tish mavzularida seminar tashkil etildi. Tadbirda giyohvandlik illati va uning oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mahalla misolida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi samaralari va to‘plangan tajribadan kelib chiqib, vazifa hamda maqsadlarni belgilab olishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Text to speech