16 Dekabr 2021 yil 366

Yosh xodimlar intellektual maydonda

Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida xodimlarning jismoniy, jangovar tayyorgarligi bilan bir qatorda ularning bilimlari, intellektual salohiyatlari ham oʻzaro bellashuvlar shaklida oshirib borilmoqda.

Kuni kecha Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini va shaxmat, shashka turlari boyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.

“Zakovat” bellashuvi Oʻzbekiston va jahon tarixi, Amir Temur davlatchiligi, jahon hodisalari, adabiyot, falsafa, sport va va boshqa mavzularga oid savollar bilan keskin bahs munozaralarga boy boʻldi.

Oʻyinda toʻrt jamoa ichidan “Qalqon” jamoasi ustunlikka erishdi. Gʻoliblarga diplom va sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech