10 Oktyabr 2024 yil 4927

Yoshlar — kelajagimiz asosi, ularni tarbiyalash va qoʻllab-quvvatlash esa har birimizning burchimizdir

Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Toshkent viloyati IIBB tashabbusi bilan Olimpiya chempionlari Muzaffar Toʻraboyev va Akbar Joʻrayevlar ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib, yoshlar tomonidan berilgan savollarga Olimpiya chempionlari va boshqa ishtirokchilar tomonidan javoblar berildi. Chempionlar oʻzlarining sportda erishgan muvaffaqiyatlari, mashq jarayonlari va yengib oʻtgan qiyinchiliklari haqida yoshlarga qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etdilar. Uchrashuv yoshlarga katta ruhiy va maʼnaviy quvvat berdi.

Shuningdek, Toshkent viloyati IIBB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Asilbek Rahmonov va Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov ham soʻzga chiqib, yoshlarga oʻz maslahat va tavsiyalarini berdilar. Ular yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jinoyatchilikning oldini olish va kelajakda Vatanga munosib xizmat qilish masalalarida oʻz fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida yoshlarga ilhom va koʻtarinkilik bagʻishlovchi maslahatlar berildi va tadbirdan xulosa chiqarildi: yoshlar — kelajagimiz asosi, ularni tarbiyalash va qoʻllab-quvvatlash esa har birimizning burchimizdir.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech