4 Oktyabr 2025 yil 143

“Dolzarb 20 kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent viloyati IIBB va DXX tezkor xodimlari tomonidan 2 nafar fuqaro “odam savdosi” qurboni boʻlishining oldi olindi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan respublika boʻylab oʻtkazilayotganDolzarb 20 kuntezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent viloyati IIBB va DXX hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda ikki fuqaroning odam savdosi qurboni boʻlishining oldi olindi.

Aniqlanishicha, Angren shahrida yashovchi 1992 y.t. (Z.X.) ayol, asli qoraqalpogʻistonlik, hozirda Qozogʻistonda yashovchi 1991 y.t. tanishi (R.K.) bilan til biriktirib, oson daromad orttirish maqsadida jinoiy faoliyatga qoʻl urgan. Ular Namangan va Toshkent viloyatlarida yashovchi 21 va 29 yoshli ikki qizni fohishalik va intim xizmatlar koʻrsatishi uchun shahvoniy ekspulatatsiya qilishni rejalashtirishgan.

Qizlar moʻmay daromad topishiga ishontirilib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Qozogʻistonning Atirau shahriga yuborilayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Maʼlum boʻlishicha, jabrlanuvchilarni kutib oluvchi ayol har bir qiz uchun joʻnatuvchiga 100 AQSH dollari miqdorida pul oʻtkazishi kelishib olingan. Shuningdek, ular kelgusida yana boshqa qizlarni shu tariqa chet elga yuborish boʻyicha reja tuzganligi fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi — “Odam savdosiboʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyatga aloqador boshqa shaxslarning shaxsi aniqlanib, ularni javobgarlikka tortish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, odam savdosi jinoyatini sodir qilganlar 5 yilgacha ozodlikni cheklashdan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazolanishi mumkin.

Text to speech