24 Sentyabr 2025 yil 98

“Dolzarb 10 kunlik” – Chinoz va Yangiyo‘l tumanlarida o‘rganish ishlari olib borildi

Fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlash va hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan “Dolzarb 10 kunlik” tadbirlari doirasida Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, polkovnik Abduvosit Abdurazakov boshchiligidagi ishchi guruh Chinoz va Yangiyo‘l tumanlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Jarayonda IIO xodimlarining tungi faoliyati, ijtimoiy obyektlarda xavfsizlikning taʼminlanishi hamda mavsumiy tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Xususan, Chinoz tumanida “Yallama” chegara punkti yaqinida joylashgan Huquq-tartibot maskani hamda paxta saqlash punktida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratdan o‘tkazildi.

Yangiyo‘l tumanida esa tuman IIB faoliyati, mahalla huquq-tartibot maskani, tibbiyot birlashmasi hamda boshqa ijtimoiy obyektlarda xavfsizlikni taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Asosiy e’tibor fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat joylari va mahallalarda tartibni kuchaytirish, jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan “ijtimoiy hamkorlik” ishlarining samaradorligini oshirish hamda xonadonlar va obyektlarda videokuzatuv qamrovini kengaytirishga qaratildi.

Yakunida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga xizmat samaradorligini oshirish, aholining osoyishtaligini taʼminlash va tezkor vaziyatni barqaror saqlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech