Diqqat muhim xabar
Yangi yil bayrami munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga ko‘plab fuqarolar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Shunga ko‘ra, avtomobil yo‘llarida tirbandliklarning oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, 2021-yil 31-dekabr kunidan 2022-yil 5-yanvar kuniga qadar Bo‘stonliq tumanining dam olish zonalaridan o‘tgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish uchun ayrim cheklovlar kiritildi (tashrif buyuruvchilar hajmiga qarab cheklov muddati 10-yanvargacha uzaytirilishi mumkin).
Xususan, avtotransport vositalarining oqimini hisobga olgan holda 4R6 “Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lining 57-92 kilometrlari va 4R10 “Chorvoq suv ombori halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 0-12 kilometrlari oralig‘ida bir tomonlama harakatlanish joriy qilindi.
Shu o‘rinda harakat ishtirokchilarini belgilangan cheklovlarga amal qilgan holda YPX inspektorlarining qonuniy talablarini bajarishga chaqiramiz. Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling.
IIBB Axborot xizmati