11 May 2024 yil 11140

Davlat idoralari xalq xizmatida — IIBB boshligʻi Oqqoʻrgʻon tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Aholi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvida Toshkent viloyati IIBB boshligʻi va mahalliy hokimlik, korxona-tashkilotlar masʼul rahbarlari ishtirok etdilar.

Oqqoʻrgʻon tumanidagi Monomarkazda ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabulda Toshkent viloyati boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov boshchiligida masʼul tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mahalliy hokimlik vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida aholining, ijtimoiy himoya va moddiy yordam berish, davolanish, elektr-energiya, kadastr, yoʻl harakatida xavfsizlikni taʼminlash, mol-mulkini olib qaytarmaslik, tergov, ichki ishlar organlariga ishga va oʻqishga kirish, tergov va boshqa turdagi 20 ga yaqin murojaatlari qabul qilindi.

Murojaatlarning asosiy qismi qabul jarayonida va joyiga chiqib oʻrganishlar hamda muhokamalarda ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Hozirda viloyatning barcha shahar-tumanlarida ham 3-sektor rahbarlarining aholi bilan sayyor qabul uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech