Toshkent viloyati Ichki ishlab bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy dars soati boʻlib oʻtdi.
Mazkur dars doirasida “Jadid” gazetasi adabiy muharriri Otabek Bakirov “Davlat Gerbi – Mustaqillik timsoli” mavzusida maʼruza qildi. Unda davlat ramzlarining, xususan, gerbning xalqimiz tarixiy xotirasi, mustaqil taraqqiyoti va milliy gʻururini ifoda etuvchi bebaho timsol sifatidagi oʻrni keng yoritildi.
Shuningdek, Tibbiyot boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Komil Qurbonov tomonidan “Surunkali charchoq sindromi: sabablari, belgilari, stress va suitsidal harakatlar” mavzusida maʼruza qilindi. Maʼruzada xodimlar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan omillar, ularni oldini olish usullari hamda ruhiy holatni mustahkamlash boʻyicha tavsiyalar berildi.
Yigʻilish davomida hafta davomida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy yangiliklar, qonunchilikdagi oʻzgarish va qoʻshimchalar shaxsiy tarkibga yetkazildi.