Chinoz tumanida giyohvand vositalar yetishtiruvchi “maxsus laboratoriya” faoliyatiga chek qoʻyildi
Profilaktika inspektorlari “Qora dori-2021” doirasida giyohvandlik vositalari, xususan, kannabis va marixuana yetishtirish uchun tashkil qilingan “maxsus laboratoriya”ni aniqladi.
Maʼlum boʻlishicha, 16 sentyabr kuni “Bunyodkor” MFYda yashovchi 1984 yilda tugʻilgan Т.Sh.ning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechiriladi. Tekshiruv davomida xonadonning 4 kv M oʻlchamli xonasi (ventilyator, yorugʻlik va issiqlik beruvchi lampochka va boshqalar bilan) maxsus jihozlanganligi va u yerda 20 dona yelim gul tuvaklar ichiga tuproq oʻgʻit aralash solingan holda giyohvandlik vositasi yetishtirayotganligi aniqlanadi.
Bundan tashqari, tekshiruv davomida fuqaro Т.Sh.ning xonadondan, kannabis giyohvandlik oʻsimligi, barglari, toʻpgullari va 1 litrli hajmli shisha banka ichida giyohvandlik vositasi;
Gugurt qutilarida kannabis giyohvandlik oʻsimligining maydalangan barglari,
Giyohvandlik vositasini isteʼmol qilish uchun qoʻlbola usulda yasalgan maxsus idishlar va oʻsimliklarni yashnatuvchi mineral oʻgʻitlar,
Yaltiroq qogʻozlar, elektron tarozilar va maxsus yelim idishlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olinadi.
Oʻtkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizaga koʻra, fuqaro xonadoning olingan oʻsimliklar tarkibida faol giyohvand moddalar mavjud boʻlgan – jami 791 gr kannabis, 735 gr marixuana ekanligi koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Chinoz tuman IIB TB tomonidan fuqaro Т.Sh. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi, 1-qismi va 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyat tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari leytenant A.Polvonov katta leytenant N.Nuriddinov tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida aniqlangan va fosh etilgan.
IIBB Axborot xizmati