19 Iyul 2022 yil 747

Bo‘stonliqda navbatdagi noqonuniy yer sotish holatiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati IIBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va viloyat Prokuraturasi xodimlari tomonidan 14 iyul kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro 1951 y.t. L.A. (ayol) va 2001 y.t. J.A. (erkak) boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, unga tuman "Yakkatut" MFY hududida joylashgan 12 sotix bo‘sh yer maydonini 50 ming AQSH dollari evaziga sotishini, kelgusida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, yer uchun oldindan 20 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni bo‘nak sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, davlat zaxirasidagi 2 ga yerni 140 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangani haqida xabar qilingan edi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech