12 Iyul 2022 yil 1600

Bo‘stonliqda giyohvand modda va taqiqlangan dorilarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Joriy yilning 10-iyul kuni Bo‘stonliq tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan DXX Bo‘stonliq tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbirda giyohvandlik vositasi, kuchli taʼsir qiluvchi va psixotrop dorilarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelgan shaxslar daliliy ashyo bilan ushlandi.

Maʼlum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1985 y.t. U.T. (Bo‘stonliq tumanida yashovchi) boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-3 avtomashinasi tegishli tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada, avtomashinaning old o‘rindig‘i osti hamda old va orqa eshigi karmonlarida o‘tkir hidli gashish giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda, shuningdek, jami 22 dona (lirika, selofen, tropikamid) kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shu kabi avtomashinada bo‘lgan 1997 y.t. A.N. (Bo‘stonliq tumanida yashovchi)ning yonida jami 13 dona (tropikamid, idishda suyuq modda, lirika va karbomazepin) kuchli taʼsir qiluvchi va psixotrop dori vositasi borligi aniqlangan.

Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib fuqaro U.T. ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasidan 98,9 gr gashish giyohvandlik vositasi, 18 dona – tropikamid 41 dona – regopen, 10 dona – lirika va 55 dona – selofen kuchli taʼsir qiluvchi moddalar borligi aniqlan va barchasi daliliy ashyo tariqasida olingan. Dastlabki jarayonda ushbu shaxslar moddalarni sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech