23 Dekabr 2024 yil 3337

Bugun, 23-dekabr kuni Toshkent viloyati IIBBda navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy soat boʻlib oʻtdi

Maʼnaviy yuksalishtaraqqiyot kafolati mavzusi, qonunchilikdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda vazirlik buyrugʻiIIBBda navbatdagi maʼrifat soati oʻtkazildi.

Tadbirda Mashʼal ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari Otabek IsroilovMaʼnaviy yuksalishtaraqqiyot kafolatimavzusida maʼruza qilib, mavzuni yoritib berdi. Taʼkidlanganidek, Maʼnaviyatinsonni yuksaltiruvchi kuch boʻlib, u jamiyat taraqqiyotining bosh omili, millatning ruhiy jasorati va kelajak sari ishonch bilan qadam tashlashining tayanchidir.

Shuningdek, hafta davomida respublikamizdagi ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar, qonunchilikdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.

Yigʻilish davomida, Jismoniy va jangovar tayyorgarlik boʻlimi boshligʻi kapitan Furqat Xudoyqulov tomonidan IIVning 2024-yil 5-oktyabr kunidagiIchki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkil etish, malaka toifasi va reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi buyrugʻi mazmun mohiyati yetkazildi.

Text to speech