6 Avgust 2025 yil
789
Bo‘stonliq tumanida turistik xavfsizlik masalasi o‘rganildi
Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, polkovnik Abduvosit Abdurazakov boshchiligida viloyat hokimligi masʼullari va tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan Boʻstonliq tumanida oʻrganish ishlari olib borildi.
Jarayonda mahalliy va xalqaro turistlar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, shuningdek hududlardagi sanitariya holati va atrof muhitning obodonligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Joylardagi holat tahlil qilinib, mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.