24 Iyun 2025 yil 125

Bozorda oʻgʻirlik sodir etgan shaxslar “issiq izidan” fosh etildi

Toshkent viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarni oldini olish va ularni fosh etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Chinoz tumanida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida tuman dehqon bozorida sodir etilgan oʻgʻirlik shu kuniyoq fosh etildi.

Maʼlum boʻlishicha, 4 nafar shaxslar savdo rastalaridan taxminiy narxi 5,2 mln soʻmlik qoʻl telefonlari va aksessuarlarni oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan ularissiq izidanqoʻlga olindi. Gumonlanuvchi shaxslar tomonidan oʻgʻirlangan buyumlar (ashyoviy dalillar) jabrlanuvchilarga qaytarilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu oʻrinda eslatib oʻtamiz, “Oʻgʻrilikjinoyatini sodir etgan shaxslar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin!

Text to speech