3 May 2022 yil 827

Bo‘stonliqda yong‘inlarni payqaydigan ilk kamera o‘rnatildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida intellektual IP-kamera o‘rnatildi. Bunday kamera yong‘in kabi xavfli vaziyatlarni yuqori aniqlikda aniqlash va real vaqtda signalni ishga tushirish imkoniga ega.

Loyiha “Xavfsiz turizm” dasturi doirasida ATK vazirligi hamda Toshkent viloyati IIB Xavfsiz turizm boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, u favqulodda vaziyatlarda tezkor chora ko‘rish imkoniyatini, xodimlar ishi samaradorligini oshiradi.

Bundan bir necha yil avval Toshkentdagi 12 ta baland qavatli binoga yong‘inni payqaydigan kameralar o‘rnatilgan.

Text to speech