Erini o’ziga qaratish uchun yolg’on bosqinchilik uyushtirgan ayolga jinoyat ishi ochildi
Erini o’ziga qaratish uchun yolg’on bosqinchilik uyushtirgan ayolga jinoyat ishi ochildi
2021 yil 22 dekabr kuni Qibray tumani Yangihayot MFYda yashovchi, 23 yoshli Sh.D. (ayol) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda, shu kuni soat 13:00da 2 shaxs yuziga niqob taqib, tig‘li jism bilan qurollanib uyiga kirganini hamda 7 oylik farzandi Z.M. va o’zini qo‘rqitib 19 mln so‘mlik tilla buyum $110 va 1 mln so‘m pulni olib ketganini bildirib, chora ko’rishni so’ragan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida esa jinoyatni biror kim sodir etmagani, Sh.D.ning o’zi reja asosida qasddan uyushtirgani, bunga sabab turmush o‘rtog‘i unga befarq bo‘lib, uni o‘ziga jalb qilish maqsadi bo’lgani aniqlangan.
Ish JKning 164-moddasidan 237-moddasi 1-qismi (yolg‘on xabar berish)ga qayta malakalanib, Sh.D. gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan.
IIBB Axborot xizmati