29 Noyabr 2021 yil 338

Boksda chempion boʻlgan xodim, OITSga qarshi kurashish va vazirlikning yangi buyrugʻi — navbatdagi maʼrifat soati IIV masʼullari ishtirokida boʻlib oʻtdi

29-noyabr kuni Toshkent viloyati IIBB majlislar zalida navbatdagi maʼrifat soati boʻlib oʻtdi. Tadbirda IIV masʼullari, Bosh boshqarma va hududiy IIB xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab, IIV masʼuli kapitan Y.Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 21-oktyabr kunidagi “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi buyrugʻini oʻqib eshittirdi va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan tizimli ishlar toʻgʻrisida tushuncha berdi.

Yigʻilish davomida 1-dekabr — OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan markaz shifokori X.Latimovning maʼruzasi tinglandi.

Shuningdek, bu borada IIBB bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar ijobiy samara berayotganiga alohida toʻxtalib, yigʻilganlarga maʼlumot berdi. Sana munosabati bilan targʻibot tadbirlarini oʻtkazilish takliflarini bildirdi.

Tadbir soʻngida xalqaro boks musobaqasida chempion boʻlgan, IIBB xodimi safdor Akbarjon Asqarovni taqdirlash jarayoni boʻlib oʻtdi. Unga diplom va esdalik sovgʻalar tantanali ravishda topshirilib, shaxsiy tarkibga namuna qilindi.

Maʼlumot uchun: Joriy yilning yoz oyida IIOga qabul qilinib, hozirda viloyat IIBB TVBSO safida xizmat qilib kelayotgan, safdor Akbarjon Asqarov kuni kecha Qozogʻistonning Almata shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro boks musobaqasida 86 kg vazn toifasida 1-oʻrinni egalladi.

IIBB Axborot xizmati

 

Text to speech