20 Fevral 2024 yil 12605

“Biz giyohvandlikka qarishimiz” shiori bilan targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyatida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida ta’lim muassasalarida targ‘ibot va ochiq muloqot uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Xabar berilganidek, “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida Toshkent viloyatida ham bir qator tezkor tadbirlar bilan birga, targ‘ibot va ochiq muloqot uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbir Chirchiq shahrida joylashgan Chirchiq davlat pedagogika va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetlarida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda IIV va viloyat IIBB mas’ul xodimlari, hududiy imom xatiblar va tibbiyot sohasi xodimlari ishtirok etib, yoshlar orasida dolzarb bo‘lib borayotgan psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning yoshlar va jamiyat kelajagiga ta’siri, huquqiy oqibati to‘g‘risida asoslantirilgan ma’lumotlar berilib, ogohlikka chaqirildi. Shuningdek yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Targ‘ibot, ochiq muloqot va tezkor tadbirlar davom etmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech