Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim rahbarlari hamda shaxsiy tarkibi tomonidan viloyatdagi 877 ta umumtaʼlim maktablarida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlarini xavfsiz hamda yuqori kayfiyatda oʻtkazish uchun zarur profilaktik choralar koʻrilmoqda.
Xodimlar maktab va unga tutash yoʻllarda jamoat tartibini saqlash, oʻquvchilarning xavfsiz harakatlanishini taʼminlash boʻyicha xizmat olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Bosh boshqarma YHXB masʼullari taʼlim dargohlarida boʻlib, yoʻl chiziqlari, belgilar holati va xavfsizlik choralarini oʻrgandi. Oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatishga moʻljallangan sinfxonalar ham koʻzdan kechirildi.
Toshkent viloyati IIBB barcha oʻquvchilarni yangi oʻquv yili hamda “Birinchi qoʻngʻiroq” bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Maʼlumot uchun: 2025/2026 oʻquv yilida Toshkent viloyatidagi 877 ta maktabga jami 521 314 nafar oʻquvchi 1-sinfga qabul qilindi.