16 Sentyabr 2025 yil 83

Bir guruh xodimlariga uy-joy uchun sertifikatlar topshirildi

Toshkent viloyati IIBBda boʻlib oʻtgan maʼrifiy tadbirda bir guruh xodimlarga uy-joy xarid qilish uchun dastlabki badal pulini toʻlovini tasdiqlovchi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi

Bu orqali ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash va ularning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash maqsad qilingan. Yaqin kunlarda yana 30 nafarga yaqin xodimga ham sertifikatlar topshirilishi koʻzda tutilgan.

Maʼrifat soatida xodimlar bilan qonunchilik talablariga rioya qilish va xizmat intizomi masalalari boʻyicha suhbat oʻtkazildi.

Text to speech