14 Iyun 2025 yil 344

Bir guruh xodimlar taqdirlanib, xizmat avtomashinalari topshirildi

Toshkent viloyatida ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilayotgan xodimlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent viloyati IIBB sohaviy xizmatlari hamda Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi. Xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda faollik koʻrsatgan 15 nafar xodimlar pul mukofoti va Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlar orasida Yoʻl harakati xavfsizligi, Patrul-post xizmati va Qoʻriqlash boʻlinmalarida xizmat qilayotgan safdorlar, kichik serjantlar va ofitserlar bor.

Shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida, jami 20 taCobaltrusumli xizmat avtomashinalari patrul-post xizmati boʻlinmalariga tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida Toshkent viloyati prokurori Azamat Mirzayev va IIBB boshligʻi Tohir Aripov soʻzga chiqib, xodimlarni mukofotlar bilan tabrikladi, ularning masʼuliyatli va sharafli xizmatlarini eʼtirof etib, kelgusida yanada katta yutuqlarga erishishlariga tilak bildirdilar.

Tadbir xodimlarning tantanali saf yurishlari bilan yakunlandi.

Text to speech