3 Oktyabr 2025 yil 202

Bedarak yoʻqolgan O'ktam Omonqulov qidiruvida koʻmak soʻraymiz!

Omonqulov Oʻktam Omonqul oʻgʻli, 1992-yilda tugʻilgan.

U
2025-yil 5-sentyabr kuni yashash manzili (Toshkent viloyati, Boʻka tumani, Ramadon mahallasi Jamgʻabay koʻchasi 33-uy)dan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, shu kunga qadar qaytib kelmagan.

Belgilari: Boʻyi 170-175 sm uzunlikda, oʻrtacha gavdali, sochlarining rangi sariq, jingalak 3-4 sm, qoshlar sariq, koʻzlari jigarrang oʻrtacha kattalikda, burni, quloqlari va lablari oʻrtacha kattalikda boʻlib, uydan chiqib ketgan vaqt egnida yozgi qora rangli erkaklar shalvari hamda oyogʻida qora rangli oyoq kiyim boʻlgan.

Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari!

Agarda siz, bedarak yoʻqolgan Omonqulov Oʻktam Omonqul oʻgʻli haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz yoki unga oʻxshash shaxsni koʻrsangiz, +99895-900-15-15; +99894-674-02-08; +99871-573-59-99 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni soʻraymiz. Telegram @Press_GUVD

Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz! Maxfiylik kafolatlanadi. 

Text to speech