13 Avgust 2025 yil 73

Barcha rahbarlar viloyatning “qizil” toifadagi mahallalariga biriktirilib, hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida aniq reja asosidagi ishlar tashkil qilinmoqda

Xususan, viloyat IIBB boshligʻining oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi, podpolkovnik Asilbek Raxmanov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan bugun Boʻka tumanining “qizil” toifada boʻlgan “Yangihayot” mahallasi, shuningdek, tuman IIB faoliyati atroflicha oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli Qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda muhokama qilindi.

Ishchi guruh tomonidan mahallalardagi kriminogen vaziyat joyiga chiqqan holda oʻrganilib, masʼul rahbar va xodimlarning hisobotlari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

Text to speech