11 Dekabr 2024 yil 2266

Bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxslar fosh etildi

Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik bo‘limi va quyi tizim xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida, ayolning bank kartasidan ko‘p miqdordagi pullarni yashirin ravishda yechib olgan shaxslar aniqlanib, ushlandi.

Qibray tumanida yashovchi 40 yoshli ayol hududiy ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidan 12,3 mln so‘m pul mablag‘i noqonuniy ravishda yechib olingani va ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan surishtiruv tadbirlari natijasida jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi 2000 y.t. shaxs (Z.S.) va uning tengdoshi sodir qilganligi aniqlangan. Ular pullarni kripto-aktivlar birjadagi hisobiga o‘tkazib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, surishtiruv davomida ushbu shaxslar kripto birjada 12 mlrd so‘mlik kripto-aktivlar bilan mingdan ortiq noqonuniy tranzaksiyalar amalga oshirgani aniqlangan.

Hozirda ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi va 278-moddasi 8-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov davomida fuqaroga yetkazilgan 12,3 mln so‘m zarar miqdori undirilishiga erishilgan.

 

Tergov harakatlari davom etmoqda. 

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: