1 Oktyabr 2025 yil 126

Aziz ustoz va murabbiylar!

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi va shaxsan oʻzim nomimdan Siz, azizlarni yurtimizning qutlugʻ ayyomlaridan biri – "1-oktyabrOʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugungi kunda yosh xodimlarni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularning kasbiy saviyasini yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash jarayonlariga keng jalb etishda ustoz va murabbiylarning xizmatlari beqiyosdir. Davomi

Koʻp yillik faoliyati davomida orttirgan bilim va boy tajribasini yosh avlodga oʻrgatib, ularni kasbga sadoqat, Vatanga muhabbat va yuksak masʼuliyat ruhida tarbiyalashustozlarimizning ezgu burchi boʻlib kelmoqda. Shu orqali ular nafaqat tizimda olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli ijrosiga, balki Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga ham munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, Sizlarga mustahkam sogʻliq, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, mashaqqatli mehnatlaringizda bardavom zafarlar tilaymanBayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustoz va murabbiylar!

Abduvosit Abdurazakov,
Toshkent viloyati IIBB boshligʻi,
polkovnik.

Text to speech