17 Dekabr 2021 yil 364

Qariyb 58 ming dona pirotexnika vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilik qarshi kurashish bo‘limi, Toshkent tumani IIB JQB hamda DXX va Bojxona xodimlari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olinishi yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

13 dekabrdagi tadbir davomida, 28-30 yoshdagi I.M., A.T. va A.K.lar jami 27 mln so‘mlik 57 ming 707 dona turli ko‘rinish va nomdagi pirotexnika vositalarini Zangiota tumani “Eshonguzar” MFYda hududida shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan to‘plangan hujjatlar va daliliy ashyolar qonuniy chora ko‘rish uchun Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasiga yuborilgan.

IIBB Axborot xizmati

 

 

Text to speech