27 Oktyabr 2025 yil 231

"Sharafi mashaqqatidan ustun" mavzusi, siyosiy maʼrifat dasturi hamda xizmat intizomi — Toshkent viloyati IIBBda navbatdagi maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda jurnalist va tarixchi Jamoliddin Abdullayev 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan maʼruza qilib, “Vaqt o‘tadi, avlodlar almashadi, biroq tinchlik yo‘lida xizmat qilish jasorati va burchi hech qachon o‘zgarmaydi”, - deya taʼkidladi. 

Yig‘ilish davomida xizmat intizomini mustahkamlash, qonunchilik meʼyorlariga qatʼiy rioya etish, xodimlarning ogohligi va masʼuliyatini yana-da oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Siyosiy maʼrifat soati” tahliliy axborot dasturi namoyish etildi. Shuningdek, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘limi masʼullari tomonidan vazirlikning tegishli buyrug‘i mazmun-mohiyati shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.

Text to speech