27 Sentyabr 2024 yil 1585

Aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan yangi qadamlar

Bo‘stonliq tumani “Burchmullo” qishlog‘ida aholining ijtimoiy va maishiy muammolarini hal qilish, turmush sharoitini yaxshilash va "Obod qishloq" dasturi doirasidagi amaliy ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Ahmedov mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va mahallabay ishlash tizimi haqida so‘z yuritib, fuqarolarning ijtimoiy muammolariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Boshqa ishtirokchilar, jumladan, IIV maslahatchisi general-polkovnik Zokirjon Almatov ham yurtimizda olib borilayotgan qurilish va rivojlanish ishlari, tumandagi turizm salohiyati haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Yig‘ilishda qishloqda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan bir qator loyihalar muhokama qilindi. Jumladan, qishloqdagi ko‘chalarni shag‘allashtirish, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida chorvachilikni rivojlantirish, shuningdek, mahalliy maktab va shifokorlik punktini ta’mirlash ishlari olib borilishi ta’kidlandi.

Bu kabi chora-tadbirlar aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor berilmoqda.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur choralar ishlab chiqish uchun qaror qabul qilindi.

Text to speech