19 May 2025 yil
463
Aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
Xabar berilganidek, kecha 18 may kuni Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripovning fuqarolar bilan shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi.
Qabul davomida aholining ichki ishlar organlariga oid masalalari, jumladan, IIOga xizmatga tiklash va oʻqishga kirish, tergov-surishtiruv, jinoyat-qidiruv, fuqarolikni rasmiylashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ijtimoiy yoʻnalishlardagi murojaatlarini tinglash va ularni hal etish choralari koʻrildi.
Har bir murojaat tegishli masʼullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish boʻyicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi. Bu kabi qabullar aholi muammolarini tezkor hal etish, huquqiy himoyasini taʼminlash va ogʻirini yengil qilishga xizmat qilmoqda.