Xabar berilganidek 27 iyul Yakshanba kuni, Toshkent viloyati IIBB binosida aholi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan ochiq muloqot shaklidagi shaxsi qabul boʻlib oʻtdi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov tomonidan koʻrib chiqildi.
Aholi ichki ishlar organlari faoliyatiga oid masalalar, jumladan, xizmatga tiklanish, oʻqishga kirish, tergov-surishtiruv, jinoyat-qidiruv, fuqarolikni rasmiylashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ijtimoiy yoʻnalishlardagi muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Ularning har biri tinglanib, tegishli choralar koʻrildi.
Murojaatlarning aksariyati qabul jarayoni va muhokamalar davomida ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar esa qonuniy tartibda koʻrib chiqilib, ularni hal etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi va ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Eslatib oʻtamiz, viloyatning barcha shahar va tumanlarida ham hududiy IIB rahbarlarining shaxsiy qabullari tashkil etilgan.