Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish , ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganib , joyida amaliy yechim topish maqsadida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan shaxsiy hamda sayyor qabullar muntazam oʻtkazib kelinmoqda .
Jumladan , joriy yilning 6-iyul kuni ham navbatdagi qabul tashkil etildi . Unda viloyat IIBB rahbariyati tomonidan fuqarolarning huquqiy , ijtimoiy va ichki ishlar organlari faoliyatiga doir turli masalalardagi murojaatlari eshitildi .
Belgilangan reja asosida , doimiy ravishda Toshkent viloyati IIBB boshligʻi , general-mayor Tohir Aripov boshchiligida , fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga oid , shuningdek boshqa ijtimoiy sohalardagi murojaatlari yuzasidan qabullar oʻtkazilib , tegishli choralar koʻrib borilmoqda .
Mazkur qabullar aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash , jamiyatda huquqiy adolatni qaror toptirish hamda muammolarni ijobiy hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda .