17 May 2025 yil 166

Avtomobillarni “soʻyib” sotgan, kuzov raqamlarini qalbakilashtirib, bir nechta fuqarolarni aldagan shaxslarning jinoiy sxemasi fosh etildi

Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro oʻziningMalibu-2” rusumidagi avtomashinasi fuqaro I.A. (1994-y.t.) tomonidan sotib yuborilgani va pullarini oʻzlashtirib olingani yuzasidan IIBga murojaat qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv hamda tergov jarayonida fuqaro (I.A.) 2025-yilning fevral-aprel oylari davomida oldindan rejalashtirgan holda turli shaxslarning ishonchini suiisteʼmol qilgani, avtomashinalar va yirik miqdordagi pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlandi.

Jumladan, u:

1995-
y.t., ayol (turmush oʻrtogʻi) nomiga goʻyoki biznes boshlash maqsadida jami 223,8 mln soʻmlik onlayn kreditlar rasmiylashtirib, mablagʻlarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflagan;

1982-y.t., erkakdan 2 600 AQSH dollari vaLacettiavtomashinasini olib, mashinani uchinchi shaxsga arzon narxga sotib yuborgan;

Yana bir erkakningMatizavtomashinasini vaqtincha foydalanishga olib, boshqa shaxsga 1 700 dollarga sotgan;

Yana bir ayol tanishi ijaraga olgan Lacettini ham begona shaxsga sotib yuborgan;

1992-y.t., ayolningTracker-2” avtomashinasiga goʻyoki «chexol« olib berishini aytib olib ketgan va sotib yuborib, uning oʻrniga oʻxshash rusumdagi boshqa mashinani qaytargan hamda shu ayol nomiga 84,3 mln soʻmlik kreditlar olib pullarni ishlatib yuborgan;

1988-y.t., erkakning arzon narxda mashina olib berish bahonasida 500 dollar va shaxsiy hujjatlarini olib ketgan.

Tergov davomida I.A. oʻzlashtirilgan avtomashinalarni ehtiyot qismlarga ajratib, soʻyibsotgani, unga Namangan viloyatida yashovchi ikki nafar avtomexanik koʻmaklashgani va ular bilan birgalikda kuzov hamda dvigatel raqamlarini maxsus uskuna orqali qalbakilashtirgani maʼlum boʻldi.

Koʻzdan kechirish jarayonida daliliy ashyo sifatida 3 ta avtodvigatel, qalbaki kuzov va motor raqamlari, kompyuter, bolgarka, temir kesgich uskunalar, kesilgan holdagi avtomashina old qismi, hamda nashriyot nomi koʻrsatilmagan 20 dona diniy mazmundagi kitoblar olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan I.A. va boshqa gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Agar siz ham mazkur shaxslardan jabr koʻrgan boʻlsangiz Toshkent viloyati IIBBga murojaat qiling.

Text to speech