6 oyda YPX tomonidan qidiruvdagi 300 dan ortiq transport va 10 nafarga yaqin shaxs ushlanib, qariyb 2 kg giyohvandlik vositasi aylanmasiga chek qo‘yildi
Toshkent viloyati hududida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish hamda jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlash borasidagi tadbirlar davom ettirilib kelinmoqda.
Xususan, yilning o‘tgan 6 oyi davomida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent viloyati IIBB YPX xodimlari tomonidan jinoyat sodir etib, qidiruvda bo‘lgan 9 nafar shaxs aniqlanib, ushlangan.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qidiruvga berilgan 313 ta avtotransport vositasi ushlanib, tegishli tartibda chora ko‘rilishi taʼminlangan.
Bundan tashqari, tadbirlar davomida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan jami 11 ta holatda 1 827 gr (opiy, gashish, marixuana va psixotrop moddalar) giyohvandlik vositalari aylanmasiga chek qo‘yilgan. Tadbirlar davom ettirilmoqda.
IIBB Axborot xizmati