11 Yanvar 2022 yil 1139

Yil davomida 500 nafardan ortiq qidiruvdagi shaxs ushlandi

Toshkent viloyati IIBB Qidiruv faoliyatini tashkillashtirish bo‘limiga ko‘ra, o‘tgan 2021 yil davomida jinoyat sodir etgani va boshqa holatlar yuzasidan sud, tergov va boshqa organlar tomonidan 538 nafar shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan va ro‘yxatga olingan.

Bu bo‘yicha IIBB va uning quyi tizim sohaviy xizmat xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida qidiruvdagi shaxslarning 504 nafari qo‘lga olinib, ularga nisbatan qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligi taʼminlangan. Shuningdek, 33 nafariga nisbatan jinoyat ishi tugatilganligi va 19  nafariga nisbatan qidiruv yig‘ma jildi boshqa organga yuborilganligi sababli hisobdan yechilgan. Bundan tashqari, 69 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs topilgan.

Hozirda qidiruv eʼlon qilingan boshqa shaxslarni ushlash va aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech