40 kunda 276 mingta pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi
Toshkent viloyati hududida pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasida viloyat IIBB sohaviy xizmatlari, DXX, Milliy gvardiya va viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus guruhlar xizmat olib borilishi tashkillashtirilgan.
Ushbu guruhlar tomonidan joriy yil 10 noyabrdan 16 dekabrgacha 2 797 marotaba chegara hududi, bozor va savdo markazlari hamda taʼlim muassasalari va jamoat joylarida maqsadli nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Olib borilayotgan tadbirlar davomida pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq bo‘lgan 77 ta huquqbuzarlikdan jami 154 mln 348 ming so‘mlik 276 312 dona turli hajm va ko‘rinishdagi pirotexnika mahsulotlar muomaladan olinib, tegishli tartibda yo‘q qilish chorasi ko‘rilgan.
Aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy choralar ko‘rish uchun hududiy sud organiga (57 ta) va voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasiga (20 ta) yuborilgan.
Tadbir davomida pirotexnika mahsulotlarini viloyatga olib kirish, sotish, sotib olish, olib yurish, saqlash va ishlatish taqiqlanganligi, ulardan foydalanishning ayanchli oqibatlari mavzusida aholi, mehnat jamoalari va o‘quvchi-talabalar ishtirokida ikki ming marotaba profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilgan.
IIBB Axborot xizmati