27 Dekabr 2021 yil 546

Sarhisob: 2021-yil – Ichki ishlar organlarida tub islohotlar yili

Bugungi maʼrifat soati “2021-yil – Ichki ishlar organlarida tub islohotlar yili” mavzusida bo‘lib, uni O‘zbekistonda xizmati ko‘rsatgan jurnalist Qobilbek Karimbekov yoritib berdi. Yil davomida qabul qilgan Prezident farmon va qarorlari, konsepsiyalar to‘g‘risida yana bir bor to‘xtalib, mazmun mohiyatini tushuntirdi. Tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarda har bir fidoyi xodimning hissasi katta ekanligi va bu islohotlar amalda ishlab o‘z samarasini berib kelayotganini alohida eʼtirof etdi.

O‘tayotgan yil haqiqatda tizimdagi islohotlar yili bo‘lganini va bu ishlar davom etishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, O‘rta Osiyoda va Jahondagi siyosiy vaziyat, yaqin qo‘shnichilik  munosabatlari haqida shaxsiy va siyosiy qarashlarini maʼlum qildi.

Bundan tashqari, IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Dilmurod Xudjaqulov bu islohotlarda ko‘pgina fidoiy xodimlar hissasini ijobiy taʼriflab, ayrim nopok xodimlar tomonidan hafta va yil davomida sodir bo‘lgan salbiy holatlarni shaxsiy tarkibga yetkazdi va ogohlikka chaqirdi. Xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilgan holda xizmat olib borishlari to‘g‘risida yana bir bor tavsiya va tushuncha berdi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech