20 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol ushlandi
Toshkent viloyati hududida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish hamda jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlash borasidagi tadbirlar davom ettirilib kelinmoqda.
Xususan, viloyatda o‘tkazilayotgan “Zarbdor” tezkor-profilaktik tadbiri davomi o‘ta og‘ir turdagi jinoyat sodir etgani uchun qariyb 20 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol 11 iyun kuni viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi politsiyasi bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida Shimkent shahri hududida qo‘lga olindi va O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.
Maʼlum bo‘lishicha, 1962 y.t. F.U. (ayol)ga (Qibray tumanida yashagan) Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va u o‘tgan davr mobaynida tergov organlaridan yashirinib yurgan.
IIBB Axborot xizmati