11 Yanvar 2022 yil 1230

2 mingdan ortiq shaxs muddatidan ilgari ozod qilinib, 150 dan ortig‘i ozodlikdan mahrum qilish joyiga qaytarildi

2021 yil davomida Toshkent viloyati IIBB Probatsiya bo‘limi tomonidan Probatsiya hisobida turuvchi nazoratdagi shaxslar bilan o‘tkazilgan profilaktik tadbir va sayyor sudlarda, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, cheklovlarga to‘liq rioya etgan 2 ming 398 nafar nazoratdagi shaxsning jazosi muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish bo‘yicha 134 marotaba mehnat yarmarkasi tashkil etilib, unda 14 ming 343 nafariga ishga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma berilib, 3 ming 793 nafari ishga joylashtirildi. Shuningdek, 422 nafari kasbga yo‘naltirish bo‘yicha bepul o‘quv kurslariga borishi taʼminlanib, 220 nafari qayta kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘qitildi.

Olib borilgan chora tadbirlarga sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmay, jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurganligi uchun 155 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilish joyiga qaytarilgan.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech