15 Dekabr 2021 yil 546

“100 grammdan sotmoqchi edim” — Toshkentda 1 kg gashish giyohvand moddasining savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida IIBB JQB xodimlari tomonidan “Surxondaryo-Toshkent” yo‘nalishida avtotransportda yo‘lovchi bo‘lib harakatlangan shaxsning yonida giyohvand modda borligi to‘g‘risida tezkor maʼlumot olingan.

Holat yuzasidan kuzatuv olib borilib, 2 dekabr kuni tezkor tadbir tashkil etilgan. Unda 1971 yilda tug‘ilgan Sh.S.ning (Yangihayot tumani Yangi Choshtepa MFY) yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. Natijada uydagi buyumlar orasiga yashirilgan jami 1 kg gashish (ekspertiza xulosasi) giyohvandlik vositasi borligi, fuqaro uni 100 grammdan bo‘lib jami 9 ming AQSH dollariga sotish maqsadida saqlayotganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Sh.S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

 

 

Text to speech