Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining 11 oy mobaynida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilindi
Toshkent viloyati IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 11 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan IIV va SHXBB Toshkent viloyati boshqarmasi masʼul rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda IIV MvaFRBBning viloyat hududida o‘tkazgan tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar muhokamaga qo‘yilib, yutuqlar eʼtirof etildi.
Xususan, Olmaliq, Yuqori Chirchiq va Qibray tumani IIB MvaFRB xizmat faoliyati misolida sohani samarali rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi. “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasi doirasida “E-fuqaro” idoralararo maʼlumotlar bazasiga “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish” dasturidan foydalangan holda, hujjatlarni qabul qilishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishda, o‘tgan 11 oy mobaynida viloyat IIBB MvaFRB tomonidan ro‘yxatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilingan va fuqarolikka tan olinganlar bo‘yicha maʼlumot berildi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan MvaFRB boshlig‘i podpolkovnik To‘lqin Erkinov, Prezident farmoni bilan 1 740 nafar shaxs fuqarolikka qabul qilingani hamda 1995 yilgacha – 3 460 nafar va 2005 yilgacha – 4 443 nafar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan (hujjat topshirgan) shaxsning fuqarolikka tan olinganligi maʼlum qildi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga baho berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
IIBB Axborot xizmati