2 Noyabr 2021 yil 591

Yangiyo‘lda yer osti yo‘lagidagi chiroqlarni sindirib ketayotgan shaxslarning ishi sudda ko'riladi

Ijtimoiy tarmolarda Yangiyo‘l tumani Toshkent shox ko‘chasida joylashgan piyodalar yer osti yo‘lagi (tunel)da o‘rnatilgan yoritish chiroqlari besh nafar nomaʼlum shaxslar tomonidan sindirib, zarar yetkazilib ketayotgan video xabar tarqatildi.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, ushbu huquqbuzarlikni tumanda yashovchi E.D. (A.A., S.X., M.T., S.H.)lar joriy yilning 19 oktyabr kuni sodir etganligi aniqlandi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech