29 May 2023 yil 24500

Xizmatga qabul qilish bo‘yicha e'lon

Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimlaridagi bo‘sh bo‘lgan “ofitserlik” lavozimlariga fuqarolar qabul qilinishi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishini maʼlum qilamiz.

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom talablariga asosan tashkil etiladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

-O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi;

- Doimiy yashash manzili bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatda turishi;

- Muddatli va safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi;

- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan (30 yoshdagilar ham);

- Oliy taʼlim muassasalarini "Huquqshunoslik", "Pedagogika”, “Psixologiya” va "Jismoniy madaniyat" yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan bo’lishi;

- erkak (o‘g‘il bola) bo’lishi;

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni asli va nusxalari bilan kelishlari so‘raladi:

- Biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- Harbiy guvohnoma;

- Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi 086 shaklidagi sog‘lig‘ining holati haqidagi maʼlumotnoma (bo’y parametrlari ko’rsatilgan holda);

-Oliy ta’lim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplomi va uning ilovasi);

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning 30-may kunidan 16-iyun kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 ga qadar murojaat etishlari so‘raladi.

Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo’li ko’chasi, Sada bekati-1 uy

Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi binosi

Murojaat uchun telefon: +99870 762 41 97

Toshkent viloyati IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech